5.5. Kiritish va chiqarish operatorlari.

Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi.

Biror-bir masalani yechishning chiziqli bo‘lgan algoritmiga dastur tuzishda algoritmdagi keltirilgan ketma-ketliklar asosida operatorlar yoziladi. Bunday dasturlarni tuzishda asosan o‘zgaruvchilarga qiymatni kiritish, natijalarni chiqarish operatorlari ishlatiladi.

Sintaksis
Operator nomi

input()

Kiritish operatori

print()

Chiqarish operatori

Kiritish va chiqarish operatorlari yordamida boshlang‘ich qiymatlarni va ma’lumotlarini kiritish hamda interaktiv muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi. Dasturning kodlari murakkablashib borganligi uchun kodlarni kiritish uchun Atom, Sublime Text, NotePad++, Pycharm, Python kabi maxsus tahrirlagichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Kiritish va chiqarish operatorlari yordamida bajariladigan bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz:

Misol – 1.

# N sekundni daqiqa va soatlarda ifodalang
x = int(input('Sekundni kiriting. N='))
soat = int(x/3600)
minut = (x-soat*3600)/60
qoldiq = x%60
print ('Kiritilgan ',x,' sekund ', soat,'soat ',int(minut),' minut ',qoldiq,' sekundga teng')

Natija:

Misol2.

# Transmitter hisobi
ymin = float(input('I min = '))
ymax = float(input('I max = '))
xmin = float(input('X min = '))
xmax = float(input('X max = '))
x = float(input('X = '))
I = ymin + (x-xmin) * (ymax - ymin)/(xmax - xmin)
print ('Chiqish qiymati: ', I)

Natija:

Kiritish operatori orqali kiritilgan ma’lumotning turini ko‘rsatib o‘tib ketilmasa, interpretator ma‘lumotni satr turi deb qaraydi va hisoblashlarda ba‘zi xatoliklarga olib keladi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:

a = input('a ni kiriting: ')
b = input('b ni kiriting: ')
c = a+b
print('c= ',c)

Natija:

Natijadan ko‘rinib turibdiki, kiritilgan a=15 va b=26 qiymatlarni butun son sifatida qabul qilinmagan. Har ikkala qiymat ham str qator turiga mansub deb qolindi va satrlarning konkatenatsiya amali bajarildi.

Last updated