5.2. Butun va haqiqiy sonlar turi. Mantiqiy tur.
Pythonda ma‘lumot turlarini toifalaganda oddiy va jamlangan ma‘lumot turlarini ko‘rish mumkin. Oddiy ma‘lumot turlariga butun va haqiqiy sonlar, mantiqiy turlar va satrlarni (qator) kiritish mumkin. Jamlangan ma’lumot turlarini keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.
Butun sonlar int, haqiqiy sonlar esa float kaliti so‘zi bilan ifodalanadi.
Butun va haqiqiy sonlar bilan ishlash bo'yicha amaliy misollarni kiritish va chiqarish operatorlari mavzusida tushuntirib o'tiladi.
Python tilida mantiqiy turni hosil qilish uchun bool tipidan foydalaniladi. Mantiqiy turning natijasi doim “Mantiqiy rost” yoki “Mantiqiy yolg’on” bo‘lishi mumkin. Masalan ikkita sonning qaysi biri katta ekanligini qaralsa, berilgan mulohazaning rost yoki yolg’onligini chiqarib beradi.
5.2.1-rasm. Python Shellda mantiqiy turning ishlatilishi
Mantiqiy mulohazalar ustida uchta amal aniqlangan:
1) inkor – A mulohazani inkori deganda A rost bo‘lganda yolg‘on yoki yolg‘on bo‘lganda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.
2) konyunksiya- ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi yoki mantiqiy ko‘paytmasi ko‘rinishga ega. Bu mulohaza faqat A va B mulohazalar rost bo‘lgandagina rost bo’ladi, aks holda yolg‘on bo’ladi (odatda «va» deb o‘qiladi). Masalan «bugun oyning 5- kuni va bugun chorshanba» mulohazasi oyning 5- kuni chorshanba bo‘lgan kunlar uchungina rost bo’ladi;
3) dizyunksiya – ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi yoki mantiqiy yig‘indisi ko‘rinishda yoziladi. Bu mulohaza rost bo‘lishi uchun A yoki B mulohazalardan biri rost bo‘lishi yetarli.
Last updated