5.4. Satr ma'lumot turi
Python tilida satrlar (qator) bilan ishlashda str turidan foydalaniladi. Satr ma’lumot turi muloqotlarni tashkil qilishda, so‘rovnoma dasturlarini tuzishda eng ko‘p qo‘llaniladigan turdir. Python dasturlash tili ko‘proq ma‘lumotlar bazalarini shakllantirishda foydalanilayotganligi uchun kiritilayotgan ma‘lumot qiymatlari str formatda bo‘ladi. Satrlar “qo’shtirnoq” yoki bitta ‘apostrof’ ichiga yoziladi. Masalan:
>>> dars = "Muhandislar uchun dasturlashga kirish"
>>> mavzu = 'Python dasturlash tili'
Eslatma: Ba'zi namuna misollar Python Shell oynasida tayyor buyruq sifatida kiritishga mo'ljallanganligi sababli buyruqni kiritishda >>> belgisini yozish shart emas.
Qo‘shtirnoq va apostroflarning qo‘llanilishida ular o‘rtasida katta farq mavjud emas. Masalan:
>>> nom1 = "Dasturlash"
>>> nom2 = 'asoslari'
>>>nom1 + nom2
'Dasturlash asoslari'
Satrlardagi yozuvlarning hajmi ko‘p bo’lganida va satrga sig’may qolganida uchta apostrof (‘’’SATR’’’) belgisini qo‘yish orqali satr hosil qilinadi:
>>> satr1 = '''Muhandislar uchun dasturlashga
kirish fanida Python dasturlash tili o`rganilyapti'''
Satrlarning o‘rtasiga qo’shtirnoq yoki apostrof belgisi qo’yilishi kerak bo‘lgan hollarda \’ yoki \” belgilardan foydalaniladi.
Python tilida satrlarni bo‘laklarga bo‘lish va satr elementlarini qayta yig‘ish uchun satrning indekslariga murojaat qilish kerak. Indekslar 0 dan boshlanuvchi yoki -1 bilan tugaydigan butun sonlar hisoblanib, satr belgilarining manzilini ko‘rsatadi. Misol uchun s = ‘Light ray’ satrini olaylik.
Indeksga murojaat qilish uchun o‘zgaruvchi nomi va indeks raqami yoziladi:
>>> s = 'Light ray'
>>>s[4]
't'
>>>s[-5]
't'
>>>s[-9] + s[2]
'Lg'
Satrlarni ajratish operatorlari uch turdagi sintaksisga ega:
satr[boshlash]
satr[boshlash: tugatish]
satr[boshlash: tugatish: qadam]
Bu yerda boshlash, tugatish va qadam butun sonlarni qabul qiladi. Boshlash va tugatish butun sonlari satrning indeksini ifodalasa, qadam esa satrning ajratiluvchi indekslar o’rtasidagi farqdir. Misol sifatida quyidagi misolni ko‘rib o‘tamiz:
>>>satr = 'Dasturlash'
>>satr[0:8:2]
'Dsul'
Satr elementlari o‘rtasida “sakrash”larni amalga oshirish uchun satr[::indeks] ko‘rinishida kiritish kerak.
5.4.1-rasm. Python Shell oynasida satrlar ustida amallar
Satr ma’lumot turining 30 dan ortiq atributlari mavjud. Atributlarning har biri alohida vazifalarga ega. Ularning vazifalarini https://docs.python.org/3/library/stdtypes.html#textseq sahifasiga kirib tanishib chiqish mumkin. Ularning eng muhimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
>>>s = "satr"
>>>s.capitalize() # Birinchi belgini bosh harfga o‘tkazadi
'Satr'
>>>s.upper() # Satr elementlarini bosh harfga o‘tkazadi
'SATR'
>>>s.lower() # Satr elementlarini kichik harfga o‘tkazadi
'satr'
>>>" ".join() # Satr elementlari o’rtasiga “ “ (bo’sh joy) qo’yadi
's a t r '
>>>s.find('r ') # Satrdan “r” belgisining indeksini qidiradi (s.index('r '))
3
Satr elementlari ustida bajariladigan amallar ichidan format() atributi eng ko‘p qo‘llaniladi.
>>>"{0} fani {1} akademik soatdan iborat".format('Dasturlash', 180)
'Dasturlash fani 180 akademik soatdan iborat'
>>> x = "dasturlashga"
>>> s ="{0} {1} {2}"
>>> s = s.format("Muhandislar uchun", x, "kirish")
>>> s
'Muhandislar uchun dasturlashga kirish'
>>>"{oy} oyi {kun} kundan iborat".format(oy='Fevral', kun='28')
'Fevral oyi 28 kundan iborat'
>>>element = "Kumush"
>>>tartib = 47
>>>"{element}ning tartibi {tartib}ga teng" .format(**locals())
'Kumushning tartibi 47ga teng'
Har bir kiritilgan ma’lumot turini aniqlash uchun type kalit so‘zidan foydalaniladi.
Pythonda satrlar elementlarini qo‘shish amali konkatenatsiya amali deb nomlanadi.
>>>
S1 = '2022'
>>>
S2 = ' yil'
>>>
print(S1 + S2)
'2022 yil'
Last updated