5.1. O’zgaruvchilar va o’zgarmaslar

Dasturlash tillarida dastur bajarilishi vaqtida qiymati o‘zgarmaydigan identifikatorlar o‘zgarmaslar deyiladi. Interpretator o‘zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko‘rinishi va qiymatiga (turiga) qarab mos guruhlarga bo’ladi.

Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan identifikatorga o‘zgaruvchilar deyiladi. Dasturlash tillarida dastur bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslardan foydalaniladi. O‘zgaruvchi-dastur obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O’zgaruvchi qiymatiga nomi orqali murojaat qilish mumkin, xotira qismiga esa faqat uning manzili orqali murojaat qilinadi.

5.1-rasm. O’zgaruvchilarni ifodalash

O’zgaruvchi nomi bu erkin kiritiladigan identifikator bo’lib, o’zgaruvchi nomi sifatida xizmatchi so’zlarni ishlatish mumkin emas. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa atributlarga – ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo’ladi.

Last updated