4.4. Python IDLE interfeysi

Python dasturlash tilining sintaksisi boshqa tillarnikiga qaraganda sodda ekanligi uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Pythonda satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi, ya’ni C++ yoki Pascal dasturlash tilida satr tugashida ; vergul qo‘yilishi majburiy bo’lsa, Pythonda unday talab mavjud emas. Dastur kodini yozishda bo‘sh joy qoldirish juda muhimdir, chunki ushbu joy operatorlar bloklar guruhini birlashtiradi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak.

Как работают классы в Python. В этой статье рассмотрим разные ...

4.4.1-rasm. Python dasturlash tilida bloklar

Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak. Kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi.

Python IDLE qobiq qism va dastur kodlarini kiritish tahrirlagichidan tuzilgan ikki qismdan iborat.

4.4.2-rasm. Python tilida dastur kodini tahrirlash oynasi

4.4.3-rasm. Python 3.8.3 Shell interfeysi

Qobiq qism (shell) foydalanuvchilarga interaktiv so‘rov natijalarini chiqarishga mo‘ljallangan. So‘rovlar savol-javob tarzida amalga oshadi. Masalan:

>>> 10+17 # Qo`shish
27
>>>20*5 # Ko`paytirish
100
>>>36/12 # Bo`lish

Python Shellda ifodalarni kiritish mobaynida yo‘naltirish belgisi (>>>) avtomatik tarzda qo‘yiladi.

Eslatma: Ba'zi namuna misollar Python Shell oynasida tayyor buyruq sifatida kiritishga mo'ljallanganligi sababli buyruqni kiritishda >>> belgisini yozish shart emas.

O‘zgaruvchiga nom berilmasa, kiritilgan eng oxirgi ma’lumot o‘zida “__” o‘zgaruvchi nomi sifatida saqlaydi:

>>> 7*6 # Ko`paytirish
42
>>>_ +8 # Qo`shish
50
>>>_/2 # Bo`lish
25.0

Kiritiladigan buyruqlarning ro‘yxatini ko‘rish uchun Ctrl + Probel tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak. Kerakli kalit so‘zlarni birinchi harflarini kiritgandan keyin Alt + / tugmalar kombinatsiyalari tanlanganida avtomatik tarzda to‘ldiriladi.

Izohlar esa # belgisidan keyin yozib boriladi. Dasturlash tili bu jumlani tekshirib o’tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi.

Last updated