4.3. Dasturlash muhitlari
Python dasturlash tili *.pyw (grafik interfeysli dastur) yoki *.py kengaytmali oddiy matn faylini namoyon etadi. GNU/Linux distributivini ishlatayotgan foydalanuvchi uchun operatsion tizimning o‘zida python o’rnatilgan bo‘ladi. Ushbu distributivda pythonning mavjudligini tekshirish uchun terminal orqali python –-V buyrug’ini tekshirish yetarlidir.
Python dasturlash tilidan foydalanish uchun IDLE Python, Pycharm dasturlash muhiti yoki Anaconda platformasidan foydalanish mumkin. Shuningdek, zaruriy qismlar o‘rnatilgan bo‘lsa, Atom, Sublime Text yoki oddiy NotePad++ da ham dastur kodlarini yozsa bo‘ladi. Agar kompyuterga pythonni o'rnatish zarurati mavjud bo'lmasa, xohlagan brauzer orqali Repl.it sahifasi orqali kod yozish mumkin.
Python dasturlash muhitini https://www.python.org/downloads/ rasmiy web-sahifasidan yuklab olish mumkin.
4.3.1-rasm. Python dasturlash muhitining web-sahifasi
Pythonni o‘rnatish jarayoni boshqa dasturlarning o‘rnatilishidek bo‘lib, ortiqcha shartlar talab qilmaydi. O’rnatilish jarayonida PIP nomli kutubxonani o’rnatilishi eng muhim shartlardan biridir.
Last updated