4.1. Python dasturlash tili
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Python, Java, C++, C# kabi dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan.
Python dasturlash tilining yaratilishi o‘tgan asrning 80-yillari oxiri 90-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda Gollandiyaning CWI instituti xodimi, dasturvhi Gvido van Rossum ommalashishi kutilayotgan ABC tilini yaratilish loyihasida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Shuning bilan bir qatorda Gvido van Rossum mutlaqo yangi interpretator ustida ishlab, ma’lum vaqt davomida yangi dasturlash tilining asosini yozdi. Bu dasturlash tilini Python deb nomlab, ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning uchuvchi sirki” teleshou-sirki sharafiga o`zi yaratgan tilni Monti Python nomiga Python deb atadi.
Dasturning sintaksisi sodda bo’lganligi uchun tezda ommalasha boshladi. 1991-yildan boshlab obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili vositalari qo’shildi. Gvidio Van Rossum Python dasturlash tilining 1.0 versiyasi 1994-yilda AQSHda CNRI firmasida, 2.0 versiyasini esa 2000-yilda BeOpen firmasida chiqardi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo`ldi. 2008-yilga kelib Python 3.0 versiyasi realizatsiyalandi. Hozirgi kunda Python 3.8 versiyasidan keng foydalanilmoqda.
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Last updated