7.3. range funksiyasi

range funksiyasining quyidagi shakllari mavjud:

  • range(stop) – 0 dan stop gacha (stop kirmaydi) bo'lgan barcha sonlarni qaytaradi;

  • range(start, stop) – start(kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo'lgan barcha butun sonlarni qaytaradi;

  • range(start, stop, step) – start (kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo'lgan barcha butun sonlar step qadam bilan hosil qilinadi va qaytaradi.

Masalan:

print(list(range(5)))       #[0, 1, 2, 3, 4] 
print(list(range(1,5)))     #[1, 2, 3, 4] 
print(list(range(1,5,2)))   #[1, 3] 
print(list(range(-5,5,3)))  #[-5, -2, 1, 4]

Bu yerda range(5) funksiyasi [0, 1, 2, 3, 4] oraliqdagi sonlar to'plamini qaytargan va qaytarilgan sonlarni ro'yÑ…atda jamlash uchun list() funksiyasi qo'llanilgan.

range() funksiyasining boshqa holatlarda qanday qiymatlar hosil qilishini yuqoridagi dasturdan ko'rish mumkin.

Last updated