1.3. Masalalarni komyuterda yechish bosqichlari.

Yuqorida keltirilgan turdagi masalaning yechimini kompyuterda yechishini amalga oshirish uchun qo‘shimcha qilib masalani kompyuter tushunadigan tilga o‘tkazish va kompyuter xotirasiga kiritish kabi bosqichlarni kiritish mumkin. Quyidagi jadvalda masalalarni kompyuterda yechish bosqichlarini ko’rish mumkin:

Birinchi bosqich

Masalaning qo‘yilishi

Masalaga mos boshlang‘ich qiymatlar va natijaviy kattaliklar aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich

Masalaning modelini tuzish

Masala ko‘rilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqib matematil munosabatlar orqali ifodalanadi.

Uchinchi bosqich

Algoritm tuzish

Masalaning modelidan foydalanib, yechim topishning ketma-ketligi tuziladi.

To‘rtinchi bosqich

Dastur tuzish

Yechim topishning ketma-ketligini kompyuter tushunadigan tilga o‘tkaziladi.

Beshinchi bosqich

Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish

Dasturchi tomonidan tuzilgan dastur kompyuter xotirasiga yuklanadi.

Oltinchi bosqich

Natijalarni olish va tahlil qilish

Dastur ishlatiladi, natijalar olinadi. Mavjud xatolar va kamchiliklar bartaraf etiladi.

Ko‘rinib turibdiki, kompyuter yordamida masalani yechishda yechim topish ketma-ketligi, algoritm tuzish, dastur tuzish kabi tushunchalarga duch kelindi. Algoritm tuzish bosqichini masalaning modelidan foydalanib, yechim topishning ketligini tuzish deb tavsifladik. Shundan aytish mumkinki, algoritm bu yechim topishga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar ketma-ketligidir.

Last updated