8.1. Funksiyalar.

Funksiyalar ma’lum bir vazifani bajaradigan va dasturning boshqa qismlarida qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan kod blokini ifodalaydi. Funksiyaning rasmiy ta’rifi quyidagicha:

def funksiya_nomi([parametrlar ro`yxati]): 
   amallar 

Funksiyaning aniqlanishi def kalit so’zi, funksiya nomi, oddiy ochiluvchi va yopiluvchi qavslar, ikki nuqta hamda funksiya tana qismini ifodalovchi amallar ketma-ketligidan tashkil topadi. Oddiy qavs ichida parametrlar ro’yxati keltirilib, u ixtiyoriy hisoblanadi. Funksiyaning tana qismi uning sarlavha qismiga nisbatan bitta xat boshi tashlab yozilishi shart. Masalan:

def inpr(): 
    print("Mening funksiyam") 

Ushbu funksiyaning nomi inpr bo’lib, u parametrga ega emas. Bu funksiya chaqirilganda konsol ekraniga "Mening funksiyam" satri chiqariladi.

def Salom(ism): 
    print("Assalomu alaykum ",ism) 

Bu funksiya ism nomli parametrga ega bo’lib, funksiya chaqirilganda parametrga turli qiymatlar berilgan.

Last updated