6.5. if - elif -else tarmoqlanishi
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda shartlarning ko’pligida maxsus if-elif-else instruksiyasidan foydalaniladi.
if <shart1>:
<operator1 yoki ifoda1>
elif <shart2>:
<operator2 yoki ifoda2>
else:
<operator3 yoki ifoda3>
Bu yerda <shart1> mantiqan rost bo‘lganida <operator1 yoki ifoda1> bajariladi. Agar <shart1> mantiqan yolg’on bo‘lsa, keyingi tarmoq ya’ni <shart2> rostlikga tekshiriladi. Agar shart yolg’on qiymatda bo‘lsa, keyingi tarmoqlarga boshqaruv o‘tadi.
If-elif-else tarmoqlanish strukturasida elif bloklari guruhi soni cheklanmagan miqdorda bo’lishi mumkin.
Shart operatorlarining turlaridan biri bu tanlash operatori (switch) bo’lib, Python dasturlash tilida umumiy sintaksisi mavjud emas. Tanlash operatorining vazifasini if-elif-else konstruksiyasi yoki lug’at ma’lumot turidan foydalanib ham amalga oshirish mumkin.
Last updated