11.2. Konstruktorlar.
Sinf obyektlarini yaratish uchun konstruktorlardan foydalaniladi.
Yuqorida aniqlangan Person sinfida esa kelishuv bo’yicha konstruktordan foydalandik.
person1 = Person()
person2 = Person()
Shu bilan birga, sinf ichida __init__
deb nomlanuvchi maxsus metod yordamida kostruktorlarni oshkor ravishda aniqlash ham mumkin.
Misol uchun, Person sinfiga konstruktor qo’shamiz.
class Person: #Konstruktor
def __init__(self, name):
self.name = name # ismni name atributiga beramiz
def display_info(self):
print("Salom, mening ismim", self.name)
person1 = Person("Vali")
person1.display_info() # Salom, mening ismim Vali
Konstruktorning birinchi parametr sifatida joriy obyektga self ko’rsatgichi bo’ladi.
Ko’pincha, konstruktorga atributlar o’rnatiladi. Ushbu holda ham, self.name atributi uchun o’rnatiladigan foydalanuvchining ismi ikkinchi parametr sifatida kosntruktorga uzatilyapti. Person sinfining name atributini sinfning oldingi ko’rinishidagi kabi oshkor aniqlash shart emas. self.name = name atributiga qiymat berishning o’zida Person sinfida oshkormas name atriburini aniqlaydi.
Last updated