KIRISH
Muhandislar uchun dasturlashga kirish elektron ta'lim resursi oliy ta'limning texnik soha (muhandislik) talabalariga mo'ljallangan. Kursni о‘zlashtirish mobaynida talabalar algoritmlash, dasturlash asoslari va uning muhandislik texnologiyasida qо‘llash usullari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar.
Mazkur elektron ta'lim resursining asosiy maqsadi talabalarga dasturlash asoslarini о‘rgatish orqali ularda dasturlash mexanizmlari haqida tasavvurga ega bо‘lish va tipik dasturlar yaratish orqali eng oddiy texnologik jarayonlar muammolarini yechish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Elektron ta'lim resursi quyidagi elementlardan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan:
O'quv materiallari;
Namunaviy misollar;
O'z-o'zini sinash uchun savollar;
Interaktiv dasturlash muhiti (dastur kodlarini onlayn tarzda yozish);
Interaktiv so'rovnomalar va topshiriqlar;
Videomateriallar;
Last updated